MULKIY HUQUQLARNING MOHIYATI VA RAQAMLI OB’YEKTLARGA NISBATAN HUQUQIY REJIMNI BELGILASH MASALALARI
##submission.downloads##
Maqolada mulkiy huquqlarning mohiyati, ashyoviy huquqlar ob’yekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan ashyolarning belgilari hamda raqamli va boshqa nomoddiy aktivlarga nisbatan huquqiy rejimni belgilash masalalari tahlil qilingan. Individual belgilari bilan aniqlanadigan va turga xos ashyolar o‘rtasidagi farq, turga xos ashyolarni faktik ajratish orqali mulk huquqi ob’yektiga aylantirish shartlari ochib berilgan. Hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar, kripto-aktivlar hamda taqsimlangan reyestrdagi raqamli yozuvlar misolida moddiy ashyoga bo‘lgan mulk huquqi bilan nomoddiy ob’yektga bo‘lgan mulkiy huquq farqlanadi. Kripto-aktivni ashyo yoki mulk huquqining ob’yekti deb emas, qiymati va egasiga ega bo‘lgan, raqamli yozuvlar orqali qayd etiladigan mulkiy huquq sifatida baholash asoslanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). 1995 yil 21 dekabr. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-111189.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
3 iyuldagi PQ–3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 3. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust).
4. O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyundagi O‘RQ–387-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni.
5. Grimm D.D. Leksii po dogme rimskogo prava. – Moskva: Zersalo, 2003. 6. Sanfilippo Ch. Kurs rimskogo chastnogo prava: uchebnik. – Moskva: BEK, 2002.
7. Korotkova M.V. Ob’yektы veщnыx prav v grajdanskom zakonodatelstve Rossii // Obrazovaniye i pravo. – 2020. – № 4. 8. Konobeyevskaya I.M. Sifrovыye prava kak novыy ob’yekt grajdanskix prav // Izvestiya Saratovskogo universiteta. Novaya seriya. Seriya: Ekonomika. Upravleniye. Pravo. – 2019. – T. 19, vыp. 3. – S. 330–334. 9. Agibalova Ye.N. Sifrovыye prava v sisteme ob’yektov grajdanskix prav // Yuridicheskiy vestnik Dagestanskogo gosudarstvyennogo universiteta. – 2020. – T. 33, № 1. – S. 90–99.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




