Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TALMEH SANʼATI VA UNING NURULLOH GENCH POETIKASIDAGI OʻRNI

Talmeh, tasavvuf, poetika, paygʻambar qissalari, ramz, Nurulloh Gench, turk sheʼriyati

Mualliflar

  • Foziljon RAJABOV Tayanch doktorant, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Sharq adabiyotining muhim badiiy sanʼatlaridan biri boʻlgan talmeh sanʼati va uning zamonaviy turk
sheʼriyatidagi yorqin namoyondalaridan biri Nurulloh Gench poetikasidagi oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Talmeh
sanʼati tarixiy, diniy, afsonaviy voqealarga ishora qilish orqali matnning maʼno qatlamini boyituvchi estetik vosita sifatida
yoritiladi. Maqolada Nurulloh Gench sheʼrlarida qoʻllanilgan talmehlar mazmuniga koʻra guruhlarga ajratilib, paygʻambarlar va
avliyolar, tarixiy shaxslar, mashhur muhabbat qissalari hamda mifologik obrazlarga qilingan ishoralar misollar asosida tahlil
qilinadi. Xususan, Ibrohim, Sulaymon alayhissalom qissalari, Neron obrazi, Layli va Majnun, Farhod va Shirin kabi timsollar orqali
shoirning diniy-maʼnaviy tafakkuri, tasavvufiy qarashlari va zamonaviy inson ruhiyati uygʻun holda ochib beriladi. Tadqiqot
natijasida Nurulloh Gench ijodida talmeh sanʼati Sharq va Gʻarb madaniy xotirasini birlashtiruvchi muhim poetik vosita sifatida
namoyon boʻlishi aniqlanadi