Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING KONSEPTUAL MODELI

Sun’iy intellekt, pedagogik diagnostika, konseptual model, ta’lim analitikasi, Learning Analytics, adaptiv baholash, formativ baholash, pedagogik interpretatsiya, individual ta’lim, ta’lim sifati.

Mualliflar

  • Umidjon HAYITOV PhD, dotsent, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada sun’iy intellekt asosida pedagogik diagnostikani tashkil etishning nazariy asoslari tahlil qilingan hamda uning konseptual modeli ishlab chiqilgan. Pedagogik diagnostikaning evolyutsiyasi, sun’iy intellekt texnologiyalarining diagnostika jarayonidagi o‘rni va zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Tadqiqot davomida tizimli tahlil, qiyosiy tahlil va konseptual modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada pedagogik ma’lumotlarni yig‘ish, integratsiyalash, sun’iy intellekt asosida ko‘p mezonli tahlil qilish, pedagogik interpretatsiya, metodik qarorlarni ishlab chiqish hamda qayta diagnostikani o‘z ichiga oluvchi olti bosqichli konseptual model taklif etildi. Mazkur model pedagogik diagnostikani uzluksiz boshqaruv jarayoni sifatida tashkil etishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.