Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ODIL SUDLOVNI TA’MINLASHDA SUDYALAR KASB ETIKASINING O‘RNI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Odil sudlov, sudyalar etikasi, korrupsiyaga qarshi kurash, Bangalor prinsiplari, sud mustaqilligi, xolislik, halollik, sud-huquq islohoti.

Mualliflar

  • Dilorom IBRAXIMOVA O‘qituvchi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Ushbu maqolada odil sudlovni ta’minlashda sudyalar kasb etikasining tutgan o‘rni hamda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari kompleks tahlil qilingan. Sudyalarning axloqiy prinsiplari (mustaqillik, xolislik, halollik va begarsizlik) faqatgina shaxsiy fazilat emas, balki sud hokimiyatiga bo‘lgan xalq ishonchini mustahkamlovchi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oluvchi muhim huquqiy vosita ekanligi asoslab berilgan. Maqolada xalqaro standartlar (Bangalor prinsiplari) va milliy qonunchilik qiyosiy tahlil qilinib, sud tizimida shaffoflikni oshirish hamda sudyalar hamjamiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.