Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ISPAN LISONIY OLAM MANZARASIDA «G‘AZAB» HISSIYOTINING METAFORIK KONSEPTUALLASHUVI

Kognitiv lingvistika, konseptual metafora, g‘azab emotsiyasi, ispan tili, tilning lisoniy manzarasi, lingvokulturologiya, frazeologiya, kognitiv semantika.

Mualliflar

  • Iroda TURAMURATOVA PhD, dotsent, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqola kognitiv lingvistika va lingvokulturologiya nuqtai nazaridan ispan tilining lisoniy manzarasida g‘azab
emotsiyasining konseptual metaforalashuvi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi ispan tilida g‘azab emotsiyasining
verbal ifodalanishini ta’minlovchi asosiy konseptual modellarni aniqlash hamda ularning milliy-madaniy xususiyatlarini
belgilashdan iborat. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ispan tilidagi g‘azab metaforalari yuqori darajadagi ekspressivlik, boy obrazlilik
hamda ispan lingvomadaniyatining tarixiy, diniy va madaniy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqligi bilan ajralib turadi