Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INTERNET DISKURSINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY TADQIQOT YO‘NALISHLARI

Diskurs, internet diskursi, muloqot, multimodallik, interaktivlik, gibridlik, intertekstuallik.

Mualliflar

  • Zilola XAYITBOYEVA Mustaqil tadqiqotchi, Urganch davlat universiteti, Urganch, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada zamonaviy tilshunoslikda diskurs va internet diskursi tushunchalarining shakllanishi hamda rivojlanishining nazariy
asoslari tahlil qilingan. Xorijiy, rus va o‘zbek tilshunoslarining mazkur sohaga oid ilmiy yondashuvlari qiyosiy-analitik nuqtayi
nazardan o‘rganilib, internet diskursining asosiy lingvistik va pragmatik xususiyatlari yoritilgan. Internet diskursiga xos
multimodallik, interaktivlik, gibridlik, intertekstuallik, anonimlik va lingvomadaniy xususiyatlarning raqamli muloqotdagi o‘rni
asoslab berilgan. Shuningdek, internet muloqotining til tizimi, kommunikativ strategiyalar va milliy-madaniy qadriyatlar
transformatsiyasiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan.