Ijtimoiy-gumanitar fanlar

UY VA XOTIRA: L. M. OLKOTTNING «KICHKINA AYOLLAR» VA «KICHKINA ERKAKLAR» DILOGIYASIDA OILA XRONIKASINING BADIIY MODELI

Oila xronikasi, uy xronotopi, avlodlar davomiyligi, avtobiografizm, L. M. Olkott, kundalik hayot, maishiy detal, janr tipologiyasi.

Mualliflar

  • Диляра БАЛИЧ Старший преподаватель Узбекского государственного университета мировых языков, Ташкент, Узбекистан., Uzbekistan
  • Надежда ЛОКТЕВА Доктор философии (PhD) по филологическим наукам Старший преподаватель , Узбекского государственного университета мировых языков, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Ushbu maqola amerikalik yozuvchi L. M. Olkottning «Kichkina ayollar» (1868–1869) va «Kichkina erkaklar» (1871) dilogiyasida
oila xronikasining badiiy modelini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi AQSh XIX asr adabiyotida oila xronikasi
janr chegaralarini kengaytirish zaruratidan kelib chiqadi - bunda yirik tarixiy voqealarga emas, balki oilaning ichki hayotiga
asoslangan «uy» modeli nazarda tutiladi. Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy-tarixiy, genologik va narratologik yondashuvlar,
shuningdek biografik metod elementlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada Olkott oila kontseptsiyasining avtobiografik ildizlari,
dilogiyaning tuzilishini belgilovchi kategoriya sifatida uy xronotopi, ko‘p avlodlilik printsipi hamda oila tarixining uzluksizlik
ta’sirini yaratuvchi badiiy vositalar (maishiy detal, kompozitsion takror, xarakterni harakat orqali ochish) izchil ko‘rib chiqiladi.
Olkott avlodlar davomiyligini nafaqat qon-qarindoshlik, balki ma’naviy, «uydagi» yaqinlik orqali ta’minlaydigan, oila chegaralari
esa biologik emas, ma’naviy printsip bilan belgilanadigan alohida turdagi oila xronikasini yaratgani aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy
yangiligi dilogiyani Dj. F. Kuper va Dj. U. Keybl xronikalari bilan ahamiyat jihatidan tenglashadigan, ammo oila vaqti va makonini
tashkil etish tipiga ko‘ra ulardan tubdan farq qiluvchi yaxlit xronikal model sifatida talqin qilishdan iborat. Tadqiqot natijalaridan
XIX asr amerika adabiyoti tarixi va adabiy janrlar nazariyasi bo‘yicha universitet kurslarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin