Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XIX ASR INGLIZ BOLALAR ADABIYOTIDA BOLALIK KONSEPSIYASINING EVOLYUTSIYASI

Bolalar adabiyoti, bolalik konsepsiyasi, XIX asr ingliz adabiyoti, Jan-Jak Russo, romantizm, viktorian adabiyoti, bolalik kulti, bolalikning badiiy talqini, bola obrazi, bolalar adabiyoti tarixi

Mualliflar

  • Фируза СОБИРОВА Преподаватель, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Самарканд, Узбекистан, Uzbekistan

Mazkur maqolada ingliz madaniyatida bolalik haqidagi tasavvurlarning evolyutsiyasi hamda ularning XVIII–XIX asrlar bolalar
adabiyotining shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Tarixiy-adabiy tahlil asosida bolaga axloqiy jihatdan tuzatilishi lozim
bo‘lgan mavjudot sifatida qaragan puritancha yondashuvdan bolalikni mustaqil ma’naviy va madaniy qadriyat sifatida talqin
etuvchi romantik hamda viktorian konsepsiyaga o‘tish jarayoni yoritiladi. Tadqiqotda Jan-Jak Russoning pedagogik g‘oyalarining
bola badiiy obrazining o‘zgarishiga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, romantizmning bolalikni ma’naviy poklik, erkinlik va ijodiy
tasavvur davri sifatida shakllantirishdagi o‘rni alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot Filipp Ares, M. O. Grenbi, Piter Xant, Kimberli
Reynolds, Jaklin Rouz, Perri Nodelman va Xyu Kanningemning ilmiy ishlari asosida olib borilgan bo‘lib, bolalik haqidagi tarixiy
konsepsiyalarni ularning badiiy adabiyotdagi ifodasi bilan qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.