Tabiiy fanlar

SUVNING BUG‘LANISH JARAYONIGA SiO 2 NANOZARRALARINING TA’SIRI

Nanosuyuqlik, kremniy dioksid nanozarrachasi, bug‘lanish tezligi, termal analizator.

Mualliflar

  • Аʼzam PАYZULLАEV O‘zRFА Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Shavkat NURMATOV O‘zRFА Materialshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Suxrob TELLYAYEV O‘zRFА Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Sirojiddin MIRZАYEV O‘zRFА Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti professori, O‘zR FА vitse-prezidenti, Fizika-matematika fanlari doktori,, Uzbekistan

Ushbu maqolada chiziqli o‘lchami 16 nm bo‘lgan SiO 2 nanozarralari va suvdan tashkil topgan nanosuyuqlikning sirtiy
bug‘lanish paytidagi massa almashinuv jarayoni eksperimental tadqiqot natijalari taqdim etilgan. Nanosuyuqliklardagi
nanozarralarning turli massaviy (0.05, 0.1, 0.2, 0.3, 0.4, 0.5, 1, 3, 5)% konsentratsiyalarda bug‘lanish tezligi o‘zgarmas bosim
va 40 0C temperaturada STA PT1600 (LINSEIS) sinxron termal analizatorda o‘rganildi. Tadqiqot natijalaridan ma’lum
bo‘ldiki, barcha o‘rganilgan konsentratsiyalar uchun asos suyuqligi bo‘lgan suv va nanosuyuqlikning massa almashinuv
jarayoni chiziqli qonuniyatga bo‘ysinadi. SiO 2 nanozarralari o‘zlarining asosiy suyuqligi ya’ni suvning bug‘lanish tezligini,
0.1 % massaviy konsentratsiyagacha kamaytirishi kuzatildi, ammo nanozarrachalarning suvdagi oraliq konsentratsiyasida 0.5
% massaviy konsentratsiyagacha bug‘lanish tezligini oshib, nanozarralarning yuqori, 1 % massaviy konsentratsiyalaridan
keyin, o‘zgarmasligi aniqlandi.