Tabiiy fanlar

MAPbI3 VA MAPbICl2 ASOSIDAGI PEROVSKIT QUYOSH ELEMENTLARNING HARORATNI NAZORAT QILISH ORQALI FOTOVOLTAIK PARAMETRLARINI YAXSHILASH

PQElari, haroratni nazorat qilish, kristallanish va morfologiya.

Mualliflar

  • Aziz SAPARBAYEV O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi ф.-м.ф. (Ph.D.),, Uzbekistan
  • Boburbek XIDIROV O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti stajyor-tadqiqotchisi, Uzbekistan
  • Abror TURGUNBOEV O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Asfiyabonu TURSUNOVA Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti magistr talabasi, Uzbekistan
  • Ilhom BOYNAZAROV O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti doktorant, Uzbekistan
  • Farid RO‘ZIYEV O‘z RFA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan

Perovskit quyosh element (PQE) larida termik qizdirish usuli va prekursorning tarkibi fotovoltaik parametrlarining yuqori
natijalarga erishish uchun, kristallanish jarayonini nazorat qilish hamda, perovskit faol qatlamlarning morfologiyasini
shakllantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Ushbu ishda (CHNH 3 PbI 3 ) MAPbI 3 va MAPbICl 2 prekursorlaridan tayyorlangan
perovskit faol qatlamlarning qizdirish haroratining kristallanishiga ta’siri o‘rganildi. Bunda, yuqori qizdirish harorati perovskit
kristall strukturasining aglomeratsiya (tugunchalar) hosil bo‘lishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida PQE larining fotovaltaik
parametlar pasayishiga olib keladi. MAPbICl 2 PQE larida qizdirish haroratining oshishi bilan faol qatlamda kristallanish hajmi
shakllanishining sezilarli darajada o‘zgarishi kuzatildi. Ammo, MAPbI 3 perovskit asosidagi quyosh elementalari morfologiyasi
va kristallanish hajmi qizdirish haroratining oshishi bilan MAPbICl 2 perovskit quyosh elementlariga qaraganda fotovaltaik
ko‘rsatkichlari oshdi, bu yutilish spektri va energiya o‘zgartirish samaradorligi (EO‘S) bilan ham tasdiqlangan.