Tabiiy fanlar

YUPQA PLYONKALARNING SPEKTROSKOPIYA USULIDAN FOYDALANGAN HOLDA TAQIQLANGAN ZONA KENGLIGINI O‘LCHASH

IQ-o‘tkazish, UV-yutilish, Kubelka-Munk, taqiqlangan zona kengligi, yupqa plyonkalar.

Mualliflar

Yupqa plyonkali silisidlar va yarim o‘tkazgichli kremniy plyonkalarning xususiyatlari IQ spektroskopiyasi va UV
spektroskopiyasi bilan o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda kremniy asosidagi geterostrukturali nanokompozitlar katta qiziqish
uyg‘otmoqda. Kremniy yarimo‘tkazgich plyonkalari (kristalli, polikristalli, amorf) uzoq vaqt davomida tizimli ravishda
o‘rganilganiga qaramay, geterostrukturali plyonkalar yangi materiallar bo‘lib, ularni o‘rganish nisbatan yaqinda boshlangan.
Taqiqlangan zona enegiyasi geterostrukturali Mn 4 Si 7 /Si(111), CrSi 2 /Si(111) va CoSi 2 /Si(111) yupqa plyonkalarning infraqizil
va ultrabinafsha spektroskopiyasi yordamida aniqlandi. FT-IR spektroskopiya qurilmasi va UV spektrofotometri yordamida
yupqa plyonkalarning yutilish, o‘tkazish va diffuz aks ettirish spektrlari olindi. Yupqa plyonka qatlamining qalinligi o‘lchandi.
Yutilish va o‘tkazish spektrlaridan hisoblangan taqiqlangan zona enegiyasi kremniy substratlarga yotqizilgan plyonkalar uchun
0,32-1,31 eV oralig‘ida va shisha tagliklar uchun 0,36-1,25 eV oralig‘ida edi.