Tabiiy fanlar

HELICHRYSUM NURATAVICUM O‘SIMLIGI KIMYOVIY ELEMENT TARKIBI

Induktiv bog‘langan plazma mass-spektrometriya, Helichrysum nuratavicum, makro-mikro va ultramikro elementlar, og‘ir metall tuzlari.

Mualliflar

Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp – butun dunyoda keng tarqalgan dorivor o‘simlik hisoblanadi. O‘simlikning
kimyoviy tarkibi qisman o‘rganilgan bo‘lishiga qaramasdan, element tarkibi bo‘yicha adabiyot ma’lumotlari uchramaydi. Ishning
maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Nurota milliy bog‘ida keng tarqalgan Helichrysum nuratavicum o‘simligi to‘p
gullari, barglari va yer ostki qismi hamda ularning damlamalarining makro-mikro element tarkibi, jumladan og‘ir metall
tuzlarining konsentratsiyasini qiyosiy o‘rganish hisoblanadi. O‘simlikning element tarkibi induktiv bog‘langan plazmali mass-
spektrometriya usuli asosida, nam parchalash usuli bilan 44 ta elementga nisbatan o‘rganildi. Olingan natijalar asosida har ikki
holatda ham, ya’ni o‘simlik guli, bargi hamda ildizi tarkibidagi inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan og‘ir metall tuzlari ruxsat
etilgan dozadan ancha miqdorda kam ekangiligi aniqlandi.