Tabiiy fanlar

МODIFIKATSIYALANGAN OLTINGUGURT VA MELAMIN ASOSIDA OLINGAN OLTINGUGURTLI BETONNING FIZIK MEXANIK XOSSALARINI О‘RGANISH

Melamin, oltingugurtli beton, modifikatsiya, sopolimer

Mualliflar

Muammoning kelib chiqishi. Oltingugurtning gazni qayta ishlash zavodlarida kо‘p tonnali hajmda ishlab chiqarilishi va uning tez
topiluvchanligi ushbu moddani har tomonlama о‘rganish va undan xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida ekologik zararsiz
birikmalarga aylantirish orqali foydalanishni taqozo etadi. Ishning maqsadi. Melamin va modifikatsiyalangan oltingugurt asosida
oltingugurtli beton olish va uning fizik-mexanik xossalarini о‘rganish. Metodologiyasi. Modifikatsiyalangan oltingugurtli
beton namunalarining mikrotuzilishi skanirlovchi elektron mikroskopida, ularning tuzilishi IQ-spektroskopik usulida,
termik xususiyatlari differensial-termogravimetriya DT-60 drevatogrammasida tadqiq qilindi. Ilmiy yangiligi. Melamin va
modifikatsiyalangan oltingugurt asosida yangi tipdagi oltingugurtli beton olindi, sintez qilingan betonning fizik- mexanik
xossalari,uning yuqori deformatsiyalanuvchan barqarorlikka va agdezion xossasiga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar.
Melamin moddasining о‘ziga xos tuzilishi va faol funksional guruhlarning mavjudligi hisobiga modifikatsiyalangan oltingugurt
bilan sopolimer hosil qilishi oltingugurtli beton olishda asosiy bog‘lovchi vosita sifatida ishtirok etishini kо‘rsatdi.