Tabiiy fanlar

AMINLANGAN BENTONITLARDA SIRKA KISLOTASINING ADSORBSIYALANISH MEXANIZMLARI

Qo‘ng‘irtog‘ bentoniti, etilendiammoniyli adsorbent, geksametilendiammoniyli adsorbent, sirka kislotasi, adsorbsiya izotermalari, Lengmyur modeli, Freyndlix modeli, Gibbs energiyasi.

Mualliflar

Ushbu ishda, Qo‘ng‘irtog‘ konining (O‘zbekiston, Qashqadaryo) tabiiy va aminlangan bentonitlarida sirka kislotasining
adsorbsiyalanishi mexanizmlari o‘rganilgan. Eritmadagi sirka kislotasining adsorbentlarga adsorbsiyasi jarayonining miqdoriy
xarakteristikalari hisoblangan. Aminlangan gil adsorbentlarga sirka kislotasining adsorbsiyasi izotermalari L-turdagi
izotermalariga mos kelishi aniqlangan. Aminlangan bentonitlarga sirka kislotasini adsorbsiyalash qobiliyatiga ko‘ra quyidagicha:
EDB > GDB > QB adsorbsion faollik qatorda joylashtirish mumkinligi izohlangan. Sirka kislotasining adsorbentlarga
adsorbsiyalanishining Gibbs energiyasi QB da -9,714, EDB -9,792 va GDB -10,341 kJ/molga teng ekanligi aniqlangan.