Tabiiy fanlar

EKOTURIZMNING HAYOTIMIZDA TUTGAN O‘RNI

Ekoturizm, ekologik sayyohlik, ekoturizm obyekti, ekoturizm predmeti, ekoturizm maqsadi, ekologik sayyohlik, ekoturistik prisiplari.

Mualliflar

Zamonamizda turizm shunchalik ommalashib ketyaptiki, u nafaqat son, balki sifat jihatdan ham o‘zgarmoqda. XX-asrning
o‘rtalariga kelib tabiiy turizm va uning turli ko‘rinishlari rivojlangan bo‘lsa, yetmishinchi yillarning boshlarida undan ekoturizm
ajralib chiqishini boshladi. Ekoturizm o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra insonlarni nafaqat ona tabiat qo‘ynida dam olishi,
hordiq chiqarishi yoki muayyan sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanishi, shu bilan birga atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan
ishlarni bajarishga undaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra umumiy turizm ichida ekoturizm 7 % da 60 % gacha bo‘lgan turistlar sonini
egallaydi. Bunday ko‘rsatkichlarni bir tomonlama mualliflarning yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasligi yoki ekoturizm bilan boshqa
turizmni aralashtirib yuborishlari bo‘lsa, ikkinchi tomondan har bir davlatning ekoturistik imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Hozirda barcha industriyasi ichida ekoturizmning mavqei oshib bormoqda.