O‘ZBEKISTON-CHEXIYA XALQARO ARXEOLOGIK EKSPEDITSIYASI TOMONIDAN SURXONDARYO VILOYATI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARINI O‘RGANISH VA TADQIQOTI NATIJALARINING MUZEY EKSPOZITSAYALARI VA KO‘RGAZMALARIDA AKS ETISHI

O‘zbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi, ko‘rgazma, Kayrit, Maydon, Zarabog‘, Jondavlattepa, Iskandartepa, Qapchig‘ay, Mirzali, Dahnai Jom.

Mualliflar

  • Dilorom NAZAROVA Termiz davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi, Uzbekistan

##submission.downloads##

Chexiya Respublikasi Karlova universiteti Klassik arxeologiya instituti tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi 2002-yildan Janubiy O‘zbekiston, xususan, Shimoliy Baqtriya tarixi va arxeologiyasi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ushbu faoliyat davomida juda ko‘plab arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Ushbu maqolada O‘zbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqoti davomida erishilgan natijalarga bag‘ishlangan, tariximizni yoritishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmalar yoritilgan. Bu kabi ko‘rgazmalar xalqaro hamkorlikdagi ekspeditsiyaning 2002-yildan buyon olib borilgan arxeologik tadiqotlariga bag‘ishlanadi. Jumladan, O‘zbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi o‘n yilligiga bag‘ishlangan “Osiyo qalbi tomon” deb nomlanuvchi Praga (2012) va Termiz (2013) shaharlaridagi hamda yigirma yilligiga bag‘ishlangan “Zaratushtradan Chingizxongacha” deb nomlanuvchi Praga, Termiz va Toshkent (2023) shaharlarida o‘tkazilgan ko‘rgazmalar Baqtriya arxeologiyasi bo‘yicha mihim taqdimotlar aks etgan.