Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYA – YAPONIYADAGI YETAKCHI SIYOSIY KUCH SIFATIDA

Siyosiy partiya, Liberal-demokratik partiya, maqsad va vazifalar, partiya mafkurasi, liberalizm, “Ta’sis deklaratsiyasi”, “Dastur”, “Partiya missiyasi”, “Partiya platformasi”, “Deklaratsiya”, partiyaning ichki guruhlari – fraksiyalari, parlament saylovlari, O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari

Mualliflar

Maqolada siyosiy partiyalarning muhim ijtimoiy-siyosiy institutlar sifatida davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni yoritildi. Bu borada
e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlardan biri rivojlangan davlatlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan siyosiy partiyalar
tajribasini o‘rganish, tadqiq etish hisoblanadi. Maqolada ana shunday rivojlangan davlatlardagi yetakchi siyosiy partiyalardan biri
sifatida Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi tanlab olindi va uning faoliyati tahlil qilindi. Yaponiya Liberal-demokratik
partiyasi faoliyatining g‘oyaviy-huquqiy asoslari, ichki partiyaviy munosabatlarning o‘ziga xos tizimi, partiyadagi mavjud
kamchiliklar va hukumat darajasida tashqi siyosatga nisbatan yondashuvi o‘rganildi.