Tabiiy fanlar

CHIRCHIQ YER OSTI SUVLARI KONIDA AVTOMATLASHTIRILGAN MONITORING TIZIMINI YARATISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI

Yer osti suvi, monitoring tizimi, qurilma, kuzatuv quduqlari, yer osti suv koni, ekstrapolyatsiya, baholash.

Mualliflar

  • Ibrohim HABIBULLAYEV Toshkent moliya instituti professori, t.f.d, Uzbekistan
  • Saydulla XUSHVAKTOV Geologiya fanlari universiteti, “GIDROINGEO instituti” DM «Geoaxborot texnologiyalari va innovatsion ishlanmalar» lab. mudiri t.f.n, Uzbekistan
  • O‘tkir MARDIYEV Geologiya fanlari universiteti “GIDROINGEO instituti” DM tayanch doktoranti,PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada Chirchiq yer osti suvlari koni hududida yer osti suvlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimini qo‘llashning
ilmiy-amaliy asoslari keltirilgan. Yer osti suvlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimining imkoniyatlaridan foydalangan
holda, yer osti suvlarining rejim parametrlarini o‘lchash, uzatish, saqlash va tahlil qilishning samarali usullari ishlab chiqilgan.
Chirchiq yer osti suvlari koni hududidagi kuzatuv quduqlaridan yig‘ilgan mavjud rejim ma’lumotlari asosida hududning holatini
baholash ishlari keltirilgan. Natijalarni ekstropolyatsiya qilishning samarali usuli yordamida yer osti suvlarining o‘rtacha sath
qiymatini aniqlashga va olingan natijalar aniqligini kafolatlash imkoniyatlari amalga oshirilgan.