Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XIX ASRNING IKKINCHI YARMI–XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND VILOYATI QISHLOQ XO‘JALIGI TARIXI MANBASHUNOSLIGIGA DOIR BA’ZI MULOHAZALAR

Zarafshon okrugi, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik, qishloq xo‘jaligi, yer, suv, sug‘orma dehqonchilik, paxta, bug‘doy, sholi, desyatina.

Mualliflar

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida – XX asr boshlarida Samarqand viloyatining iqtisodiy hayotining asosiy tarmog‘i
bo‘lgan qishloq xo‘jaligining holati haqida ma’lumot beruvchi davr manbalari bo‘lgan arxiv hujjatlari, statistika qo‘mitalari
(statistik sharhlar) va ma’lumotnoma-kitoblar materiallari hamda rus sharqshunos-tarixchi, geograf, sayyoh va boshqa sohalar
vakillari asarlari tahlilga tortilgan. Shuningdek, maqolada tahlilga tortilgan manbalar asosida viloyatdagi qishloq xo‘jaligi,
xususan, yer ishlarining holati, ekin maydonlarining hajmi, sug‘orish ishlari, bug‘doy, sholi va paxta yetishtirilishi hamda bu
boradagi imperiya hukumatining siyosati ochib berilgan.