Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JAMIYATNING MA’NAVIY TARAQQIYOTI VA YOSHLAR AXLOQIY TARBIYASI MASALASINING O‘ZARO UYG‘UNLIGI

Jamiyat va taraqqiyot, ma’naviy yuksalish, ta’lim va tarbiya, ijtimoiy rivojlanish, yoshlar tarbiyasi.

Mualliflar

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar sohalarda islohotlar jamiyat hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar odamlarni, jumladan, yosh avlodning qadriyatli mo‘ljalini tubdan o‘zgartirib yubordi, ularning avvali e’tiqod meyorlari va qarashlari mazmun va mohiyat jihatdan o‘zgardi. Hozirgi kunda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalasi ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Pedagog olimlar ma’naviy-axloqiy tarbiyani pedagogik tashkiliy jarayon, u talabaning ongiga, hissiyotiga va fe’l-atvoriga ta’sir ko‘rsatadi, oliy darajadagi qadriyatlarni o‘zlashtirishda, axloqiy qoidalarni shakllantirishda, ular asosida o‘ziniing ichki olamini qayta qurishda hamda boshqalarning manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilishida qo‘llaniladi. Ushbu maqolada jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti va yoshlar axloqiy tarbiyasi masalalarining o‘zaro uyg‘unligi o‘rganilgan.