Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YUQORI MALAKALI VOLEYBOLCHILARDA MASHG‘ULOT DAVOMIDA JISMONIY KO‘RSATKICHLARI TURLI YUKLAMALAR TA’SIRIDA O‘ZGARISHI

Jismoniy va funksional ko‘rsatkichlar, test, yuklama, sakrash, mokkisimon yugurish, mashg‘ulot, o‘yin, yurakni qisqarish soni (YUQS), nafas olish soni (NOS).

Mualliflar

  • Akmal BOLTAYEV O‘zDJTSU “Voleybol basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti, PhD , Uzbekistan

Maqolada yuqori malakali voleybolchilarda ayrim jismoniy va funksional ko‘rsatkichlarni mashg‘ulot hamda o‘yin yuklamalari ta’sirida o‘zgarish tahlil qilingan. Aniqlandiki, mashg‘ulot va testlardan avval olingan dastlabki ko‘rsatkichlar shu mashg‘ulot va testlar yuklamalari ta’sirida tushib ketgan. Lekin o‘yin yuklamalaridan so‘ng ushbu ko‘rsatkichlar yanada sustlashgan. Bunday holat tadqiqotda ishtirok etgan voleybolchilarning jismoniy imkoniyatlari ham, ularning funksional komponentlari ham mukammal shakllanmaganligidan darak beradi.