Tabiiy fanlar

“QO‘YTOSH MА’DАNLI MАYDONIDАGI KSENOLITLАRNING PETROGEOKIMYOVIY XUSUSIYATLАRI”

Ksenolit, avtolit, dayka, intruziv, melanokrat, porfir, ksenokristall, granoblast, leykokrat, kersutit, dala shpati.

Mualliflar

  • Гульхаё ЯКУБОВА Преподаватель-стажер факультета геологии и инженерной геологии Национального университета Узбекистана, Uzbekistan
  • Дилафруз AБДУСАМАТОВА Преподаватель-стажер факультета геологии и инженерной геологии Национального университета Узбекистана, Uzbekistan

Magmatik hosilalar tarkibida uchraydigan ko‘plab begona jins parchalari – ksenolitlar yer po‘stining chuqur qismlari va yuqori
mantiya tarkibini ko‘rsatuvchi muhim obyekt hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Qo‘ytosh maʼdanli maydonidagi shu nomdagi
intruzivning granodioritlari tarkibidagi qo‘shimtalar va xududdagi asos tarkibli daykalar tarkibidagi ksenolitlar tarkibini
o‘rganish va shu asosida yer po‘stining chuqurlik tuzilishi va tarkibiga yangi qo‘shimchalar kiritish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Spektral tahlil natijalariga ko‘ra namunalar tarkibidagi elementlarning miqdori deyarli bir xil tarqalganligi, ularning
qarindosh jins ekanligidan dalolat beradi va bu qo‘shimtalar avtolitlar deb ataladi. Tadqiqotlar jarayonidagi asosiy xulosa
shundan iboratki, granodioritlar tarkibidagi avtolitlar yagona magma o‘chog‘idan oldin hosil bo‘lgan dastlabki fazalar
mahsulotini ko‘rsatadi.