Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JOYS KERINING ROMANI: TARIX VA SHAXSIYATNING MURAKKAB O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Joys Keri,

Mualliflar

  • Feruza ATAMURODOVA Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti, Uzbekistan

Mazkur maqolada Joys Keri ijiodining asosiy qirralari, xususan, "Sayohatdagi ziyoratchi yo‘lida" romanining asosiy mavzulari, vaqt va
shaxsiyat tushunchalariga bo'lgan munosabati ko‘rib chiqiladi. Joys Keri romanlari, qahramonlarining xarakteri orqali tarixiy davrlarning
o‘ziga xos izlarini aks ettiradi. Asarda tarix va odam o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, Keri realizmining o‘ziga xos jihatlari, epik va
lirik elementlarning uyg‘unligi, tarixiy hodisalar va shaxsiy izlanishlarning koinotik ifodalari tahlil qilinadi. Romanlarda vaqt, taqdir va
tarixiy voqealarning shaxsiyatni shakllantirishga qanday ta’sir etishi muhim rol o‘ynaydi. Biroq, Keri odam tabiatining tarixiy
o‘zgarishlarga nisbatan barqarorligini ta’kidlaydi va uni boshqa omillar fonida ko‘rib chiqadi. Bu jihatlar asar epikligini kuchaytiradi va
o‘quvchini insoniy qadriyatlarning tarix bilan o‘zaro bog‘liqligi haqidagi falsafiy o‘ylariga undaydi.