Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AMALDAGI INGLIZ TILI NORMALARI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MASALALAR

Qirol ingliz tili, til normasi, adabiy til madaniyat tili, fan tili, publisistika tili, shevalar.

Mualliflar

Maktabda, ingliz tili darslarida, o‘qituvchilar bizga o‘ziga xos “qirol ingliz tili”ni o‘rgnanayotganimiz, ya’ni ideal ingliz tilini yoki o‘sha
mashxur Shekspir so‘zlashgan ingliz tilini o‘rganayotganimiz haqida gapirishlariga ko‘nikib qolganmiz. Ammo, bu bizga hozir
shunchalik zarurmi? Nima uchun biz ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatga borganimizda ingliz tilida so‘zlashayotganlarni tushunmay
qolamiz va undan ham qolaversa, biz ularning (masalan Londonliklarning) ma’lum “xatolar” bilan so‘zlashayotganliklarini his etib
turamiz? Ho‘sh, “qirol ingliz tili” nima va nima uchun biz uni maktabda o‘rganamiz? Adabiy ingliz tilining me’yori nima va nima uchun
ko‘pchilik unga amal qilmaydi? Bizga qorong‘i bo‘lgan masalalar shulardir. So‘zlashuv chog‘ida qaysi me’yorga amal qilinishi kerak,
biz so‘zlashayotgan ingliz tili o‘lik, qotib qolgan bo‘lib tuyulmasligi uchun me’yorlarning qaysi biridan voz kechib yuborish mumkin,
kabi savollarga ushbu maqolada javob berishga harakat qilamiz.