OKS SIVILIZATSIYASI BO‘YICHA 2023-YILDA NASHR ETILGAN YANGI TADQIQOTLAR: 2-QISM (“ARXEOLOGIYA YEVRAZIYSKIX STEPEY” JURNALI MISOLOIDA)

Oks sivilizatsiyasi, “Arxeologiya Yevraziyskix stepey” jurnali, Oltintepa, Nomozgohtepa, Ulug‘tepa, Markaziy Osiyo sug‘orilish tizimi.

Mualliflar

  • Odiljon XAMIDOV Termiz davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD), , Uzbekistan
  • Gulmira KATTAYEVA Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD),, Uzbekistan

##submission.downloads##

Oks sivilizatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida bronza davrida shakllangan sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lib, xronologik jihatdan mill. avv. 2500-1350 yillar bilan davrlashtirilgan. Ushbu sivilizatsiya markazi Janubiy O‘zbekiston hududida shakllangan Sopolli, Shimoliy Afg‘onistonda tarqalgan Dashtli, Janubiy Turkmaniston hududida hukm surgan Namozgoh madaniyatlarini o‘z ichiga birlashtirgan. So‘nggi yillarda tadqiqotchilar tomonidan Oks sivilizatsiyasinining tarixi va arxeologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar dunyoning eng nufuzli jurnallarida ingliz va rus tillarida nashrdan chiqmoqda. “Arxeologiya Yevraziyskix stepey” jurnali shunday jurnallardan biri bo‘lib, jurnalda 2023-yilda bevosita Oks sivilizatsiyasi bo‘yicha 3 ta maqola chop etilgan. Ushbu maqolada “Arxeologiya Yevraziyskix stepey” jurnalida chop etilgan maqolalarning ilmiy tahlili yoritilgan.