Tabiiy fanlar

ACHCHIQ BODOM (AMYGDALUS BUCHARICA) VA PAXTA CHIGITI (GOSSYPIUM HIRSUTUM) O‘SIMLIKLARI MOYI TARKIBIDAGI YOG‘ KISLOTA MIQDORINI ANIQLASH

Achchiq bodom (amygdalus bucharica), paxta chigiti, erkin yog‘ kislotalar, KON, NaOH katalizatorlar.

Mualliflar

Yog‘ kislota metil efirlarini (biodizel) ishlatish dizel dvigatellari uchun muqobil yoqilg‘i hisoblanadi. Bu iste’molga yaroqsiz
o‘simlik moylaridan ishlab chiqariladigan dizel yoqilg‘isining o‘rnini bosuvchi yoqilg‘i bo‘lib, neft zaxiralarining kamayishi,
yoqilg‘i va yoqilg‘i mahsulotlarining qimmatligi va yoqilg‘idan foydalanish natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar va
ekologik muammolar tufayli biodizel sintez qilish muhimdir. Ushbu ishda achchiq bodom (amygdalus bucharica) va paxta
(gossypium hirsutum) o‘simlik moylarining yog‘ kislota miqdorini gaz-suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlash va yog‘larning
pereterifikatsiya reaksiyasi haqida ma’lumot berilgan.