O‘ZBEKISTONDA SHAHAR MADANIYATI VA ESTETIKASINING MILLIY-MADANIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

: Shaharsozlik, millat tafakkuri, Ayryanem Vedjo, Airyana Vaedjo, Ayryanem Vedjo, Ariana Vedja, Aryana Vedja, Aranam Veadja, katta shahar, Turkiy dunyo, Islomning tarqalishi, O‘rta Osiyoda shaharsozlik.

Mualliflar

  • Kozimjon AKRAMOV Namangan muhandislik-qurilish instituti stajor-o‘qituvchishi, Uzbekistan

##submission.downloads##

Shaharsozlik, shahar madaniyati va estetikasi xalq, millat tafakkurining ifodasi, insonning yon-atrofiga munosabati, yovvoyi tabiatdan o‘zini asrashga qaratilgan sa’y-harakatlari, turmush tarzini go‘zallashtirish va farovonlashtirishga intilishlari majmuasidir. Islomning tarqalishi bilan undagi tasavvurlar arxitektura, qurilish, urf-odat, turmush tarzi va madaniy hayotga singdirilgan. Ammo ularning hech birida arab istilochilarining pozitiv ishtiroki, qo‘llab -quvvatlaganiga oid fakt uchramaydi. O‘zbek xalqining yon qo‘shni xalqlar, dunyo xalqlari bilan savdo-sotiq qilib yashashga intilganini tarixiy manbalar isbotlaydi. Bu aloqalar jarayonida ma’lum bir usullar yoki shaharsozlik, uy bezatish san’atining ayrim ko‘rnishlar chetdan o‘zlashtirilgan bo‘lishi tabiiy holdir.