Tabiiy fanlar

IKKILAMCHI RUXLI XOMASHYOLARDAN RUX NITRAT OLISH JARAYONINI O‘RGANISH

Ishlatilgan ruxli katalizator, harorat, nitrat kislota, ajralish darajasi, vaqt, rux oksidi.

Mualliflar

  • Шахзод ТАВАШОВ Каршинский инженерно-экономический институт Доцент кафедры химической технологии, Uzbekistan

Tadqiqotlar natijalari ko’ra, rux nitrati chiqindi ruxli katalizatorlardan olingan. Chiqindi ruxli katalizatorlar tarkibida ZnO
74,55% ni tashkil etadi. Chiqindi ruxli katalizatorlardan ruxni nitrat kislota bilan ajratib olish darajasiga texnologik omillarni
ta’siri o‘rganildi. Jarayonning optimal parametrlari aniqlandi. Rux ajralishining maksimal darajasi nitrat kislota normasi 120% va
konsentratsiyasi 30% bo‘lganda kuzatildi. Shu bilan birga ruxni ajralish darajasi 91,18% ga etdi. Jarayonning davomiyligini 1
soatdan 3 soatgacha oshirilganda qolgan doimiy ko'rsatkichlari bilan birga ruxni ajralish darajasini 25,47% dan 91,18% gacha
oshirdi. Haroratni 55 dan 95℃ gacha ko'tarilishi rux ajralish darajasini 91,18% gacha oshirishga yordam berdi.