Tabiiy fanlar

O‘RTA OSIYONING PLEYSTOTSENDAGI IQLIM O‘ZGARISHLARINI LITOLOGO-GENETIK USULNI QO‘LLASH ASOSIDA TAHLIL ETISH

Pleystotsen, litologik genetik tahlil, kaynazoy, paleogeografiya, progresiv aridlashish, paleotuproq qatlamlari, lyossimon yotqiziqlar.

Mualliflar

Maqolada pleystotsen davr yotqiziqlarini litologik – genetik tahlili va O‘rta Osiyodagi lyossimon tog‘ jinslarining tarkibidagi
paleotuproq gorizontlarining xususitlarini inobatga olgan holda pleystotsenda iqlim o‘zgarib turganligi ko‘rsatilgan.
Paleotuproqlar va tekislikdagi cho‘kindi tog‘ jinslarini o‘rganish natijalari, daryo va ko‘llarning suv rejimining bir necha bor
o‘zgarganligi, shuningdek, paleotuproqlarni shakllanish davrida iqlimning namlik darajasi sezilarli ortgani aniqlangan. Olingan
ma’lumotlar tabiiy resurslardan foydalinishni o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarini ishlab chiqish va uni iqtisodiy
ekologik jihatlarini inobatga olish imkonini beradi.