Tabiiy fanlar

KROTALARIYA URUG‘I SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA BIOSTIMULYATORLARNING TA'SIRI

Crotalaria juncea, Uzgumi, Geogumat, Fertilayf biostimulyatorlari, xom protein, moydorlik darajasi.

Mualliflar

  • Xudoyshukur BERDIQULOV Jizzax davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan
  • Lola ORTIQOVA Jizzax davlat pedagogika universiteti dosenti, q.x.f.f.d, Uzbekistan
  • Surayyo NEGMATOVA Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, q.x.f.d, Uzbekistan

Mazkur maqolada Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida noan'anaviy dukkakli o‘simlik krotalariya junsea
(Crotalaria juncea) ni yetishtirishda turli biostimulyatorlarning krotalariyaning sifat ko‘rsatkichlariga ta'siri bayon qilingan.
Krotalariyadan yuqori va sifatli don hosili olish uchun uni aprel oyining uchinchi o‘n kunligida gektariga 14 kg dan ekib va ekish
bilan birga Geogumat biostimulyatorini 1,0 l\ga hamda o‘suv davrining 3-4 chin barg chiqargan davrida 1,6 l\ga, shonalash
davrida 1,6 l\ga me'yorlarda qo‘llanganda urug‘i tarkibida 33,70% xom protein bo‘lib nazorat variantiga nisbatan 2,42% ko‘proq
hosil bo‘lishi va krotalariya o‘suv davrida turli biostimulyatorlar qo‘llanganda moydorlik darajasi nazorat variantga nisbatan
0,65-0,85% yuqori bo‘lishi ilmiy asoslab berilgan.