Tabiiy fanlar

POMIDOR YETISHTIRISHDA HAR XIL MEYORDAGI AZOTLI O‘G‘ITLAR VA BIOLOGIK PREPARAT QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI

taqirli-o‘tloqi, pomidor, ekostim, azotli o‘g‘itlar, o‘sish va rivojlanish, hosildorligi iqtisodiy samaradorlik.

Mualliflar

  • Saydulla BOLTAYEV Saydulla BOLTAYEV, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professori., q.x.f.d, Uzbekistan
  • Oybek NORMURATOV Termiz davlat universiteti dotsenti v. b., q.x.f.f.d, PhD Paxta seleksiyasi va urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Muxamadi SAIDOV Termiz davlat universiteti professori v.b., Uzbekistan

Dunyoda tuproq unumdorligi va pomidor hosildorligini oshirish maqsadida turli biopreparatlarni mineral o‘g‘itlar fonida
qo‘llashga hamda azotli o‘g‘itlarni muddatlarini aniqlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu
borada, qishloq xo‘jalik ekin yer maydonlarining agrokimyoviy xossalari va biologik faolligini aniqlagan holda biologik
preparatlarni mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llash va azotli o‘g‘itlar muddatlarini aniqlash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini,
jumladan, pomidorni oziqa elementlarga bo‘lgan talabini qondirish, turli zararkunanda va kasalliklarga chidamliligini oshirish
hamda har bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga mos pomidor navlarini tanlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor
qaratilmoqda.