Tabiiy fanlar

BIURET–NITRAT KISLOTA TIZIMLARINING TURLI NISBATLARDA SINTEZI VA INFRAQIZIL SPEKTROSKOPIK TAHLILI

Biuret, nitrat kislota, infraqizil spektroskopiya, vodorod bogʻlanish, proton almashinuvi, koordinatsion birikmalar.

Mualliflar

  • Rayhona G‘AFUROVA Magistrant, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Gulyayra XOLIQOVA PhD, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • O‘ktam MARDONOV PhD, dotsent, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Quvondiq AVEZOV PhD, dotsent, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Baxtiyor GANIYEV PhD, Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi mudiri, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu ishda biuret va nitrat kislota asosida turli molyar nisbatlarda (1:0.25; 1:0.5; 1:0.75) sintez qilingan tizimlarning tuzilishi
infraqizil (IQ) spektroskopiya usuli yordamida oʻrganildi. Olingan natijalar N–H, C=O va N=O funksional guruhlarining tebranish
chastotalaridagi siljishlar orqali molekulalararo oʻzaro ta’sirlar mavjudligini koʻrsatdi. Nitrat kislota miqdori ortishi bilan vodorod
bogʻlari kuchayishi, proton almashinuvi jarayonlari yuzaga kelishi va strukturaviy qayta tashkil topish sodir boʻlishi aniqlandi. Eng
yuqori oʻzgarishlar 1:0.75 nisbatda kuzatildi. Tadqiqot natijalari ushbu tizimlarning kompleks tuzilishini hamda ularning amaliy
qo‘llanilish imkoniyatlarini asoslashda muhim ahamiyatga ega.