Tabiiy fanlar

UZUNMOʻYLOV QOʻNGʻIZLAR (COLEOPTERA: CERAMBYCIDAE) OILASINING OʻRGANILISHI VA HOZIRGI SISTEMATIK HOLATI

Koleopterofauna, Cerambycidae, filogenetik tahlil, Markaziy Osiyo, sistematika.

Mualliflar

Uzunmoʻylov qoʻngʻizlar qattiqqanotlilarning eng yirik oilalaridan biri boʻlib, ayni vaqtda 8 kenja oilani oʻz ichiga oladi. Turli
tadqiqotlarning koʻrsatishicha, oila tarkibiga kiruvchi turlar soni 34-38 ming atrofida hisoblanadi. Markaziy Osiyoda
uzunmoʻylov qoʻngʻizlarni oʻrganish jarayoni yildan-yilga ortib bormoqda. Oʻzbekistonda mazkur oilaning 85 tur va kenja turi
uchrashi qayd etilgan.