Tabiiy fanlar

TOSHKENT BOTANIKA BOGʼI SHAROITIDA PYRUS KORSHINSKYI LITV. (ROSACEAE) VA TETRADIUM DANIELLII (BENN.) T.G. HARTLEY (RUTACEAE) NING OʼSISHI VA RIVOJLANISHI

Toshkent Botanika bogʼi, Tetradium daniellii, Pyrus korshinskyi, introduksiya, istiqbolli, manzarali, vegetatsiya, fenologiya, biologiya, gullash, ekologik omillar, havoning nisbiy namligi, yorug‘lik.

Mualliflar

  • Nargiza RAXIMOVA О‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining katta ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Eldor TEMIROV PhD, О‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining katta ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Sobitjon NOSIROV О‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Muslim RAHMATILLAYEV О‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan

Maqolada Toshkent Botanika bog‘i ekspozitsiyalaridagi manzarali, istiqbolli, xо‘jalik ahamiyati yuqori hisoblangan introdusent
turlar – Pyrus korshinskyi (Rosaceae) hamda Tetradium daniellii (Rutaceae) ning introduksiya sharoitida ekologik omillarga
bog‘liq holda о‘sishi va rivojlanishi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Pyrus korshinskyi vegetatsiyasining boshlanishi va gullashi
tabiiy о‘sish sharoitiga nisbatan Toshkent Botanika bog‘i introduksiyasi sharoitida 25-30 kun avval boshlanishi kuzatilganligi
hamda Tetradium daniellii ning gullashi vatanida (Sharqiy Osiyo) 90 kungacha (iyun-avgust oylarigacha) davom etishi qayd
etilgan bо‘lsa, Botanika bog‘i sharoitida 23-25 kunni tashkil etib, bunda asosiy ekologik omillar – havoning nisbiy namligi
hamda yorug‘lik ekanligi ma’lum bо‘lgan. Olingan ma’lumotlarga kо‘ra, о‘rganilgan turlarning Respublikamiz iqlim sharoitida
yaxshi о‘sib rivojlanishi kelgusida Pyrus korshinskyi dan bog‘dorchilikda payvandtag, о‘rmonchilikda esa о‘rmon hosil qiluvchi
tur sifatida; Tetradium daniellii dan esa asalarichilikda hamda kо‘kalamzorlashtirishda foydalanish mumkinligini kо‘rsatadi.