Tabiiy fanlar

MONARDA L. TURKUMI AYRIM TURLARINING TOSHKENT SHAHRI SHAROITIDA BIOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Monarda, turkum, tur, nav, manzarali, dorivor, biomorfologiya, ekologiya, introduksiya.

Mualliflar

Maqolada Toshkent shahri sharoitida (O‘zMU Botanika bog`i) introduksiya qilinayotgan Monarda L. turkumiga mansub
Bergama, Jar-ptitsa ва Cambridge scarlet navlarining tarqalish areallari, ekologiyasi, manzaralilik va dorivorlik xususiyatlari
haqida malumotlar berilgan. O`rganilgan navlar o`z vatani bilan solishtirilganda biomorfologik ko`rsatkichlari unchalik farq
qilmagan. Bu esa navlarning Toshkent iqlim sharoitida yaxshi o`sib, rivojlanganligidan dalolat beradi va ushbu navlarni dorivor
xamda manzarali bo`lganligi uchun obodonlashtirishda va Respublikamizning tog`oldi zonalarida ko`paytirish tavsiya etiladi.