Tabiiy fanlar

ANGREN “SUVOQOVA” TOZALASh INShOOTI SUVO‘TLARINING TAKSONOMIK TAHLILI

Suv o‘tlar, indikator saprob, ksenosaprob, oligosaprob, beta-mezasaprob, alьfa-mezasaprob, polisaprob.

Mualliflar

  • Xurmatoy TURDALIEVA O‘zbekiston Milliy universiteti assistenti, PhD, Uzbekistan
  • Zaravshan IBRAGIMOVA Qoraqalpog‘iston qishlok xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti, PhD, docent, Uzbekistan
  • Shahnoza YULDASHEVNA Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi, Uzbekistan

Suvning tiniqligi ham suvo‘tlarning rivojlanishi va taqsimlanishiga ma`lum darajada ta`sir qiladi. Oqova suvlarni tozalash
inshootiga kirib kelgan suvning tiniqligi eng kam bo‘lsa, inshootdan chiqayotgan suvning tiniqligi yuqori bo‘ladi. Tiniqlik bilan
bog‘liq ravishda shu suvlarda o‘sayotgan suvo‘tlarning taqsimlanishi tabiiyki yuqori bo‘ladi. Inshootning kirish qismidagi oqova
suvda jami 25 tur aniqlangan bo‘lsa, uning quyi qismidagi biohovuzlarda 73 tur topildi. Angren “Suvoqova” tozalash inshootida
jami 290 ta al`gologik namunalar yig‘ildi va ularni tahlil qilish natijasida hammasi bo‘lib suvo‘tlarining 190 ta tur, tur xillari
(variatsiya) va formalari aniqlandi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##