Tabiiy fanlar

G‘O‘ZANING TURLI GENOTIPGA EGA NAV, LINIYA VA DURAGAYLARNING MORFOLOGIK BELGILARI HAMDA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARINING IRSIYLANISHI

G‘o‘za, genotip, nav, liniya, duragay, morfologik belgilari, hosildorlik, irsiylanish

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda G‘o‘za (Gossypium hirsutum L.)ning turli nav, liniya va duragaylarida morfologik hamda hosildorlik
belgilarining irsiylanish xususiyatlari o‘rganildi. Geografik masofali duragaylash asosida F1 va F2 avlodlarda dominantlik,
geterozis va additiv effektlar tahlil qilindi. Natijalar katta ko‘sakli navlarda dominantlik ustunligini, hosildorlikning esa genetik va
ekologik omillarga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Heritabilitet ko‘rsatkichlari o‘rtacha va yuqori darajada ekanligi aniqlandi. Tadqiqot
g‘o‘za seleksiyasida hosildor navlarni yaratish va genetik resurslardan samarali foydalanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.