Tabiiy fanlar

MARKAZIY OSIYO BUG‘DOY GENOFONDINING HOSILDORLIK BO‘YICHA KLASSTER TAHLILI

мягкая пшеница, продуктивность, кластерный анализ, дендрограмма, генетическое расстояние, дивергенция, гомогенность.

Mualliflar

  • Saidmurat BABOEV Biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Zebo ALLOBERGANOVA Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Xorazm, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Nazokat YADGAROVA Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Xorazm, O‘zbekiston., Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston selektsiyasiga mansub yumshoq bug‘doy navlarining
hosildorlik ko‘rsatkichlari dendrogramma (klaster tahlili) yordamida qiyosiy o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston
genofondi 11 ta, Tojikiston navlari 7 ta (yirik masshtabda 3 ta), Qirg‘iziston navlari 9 ta va Qozog‘iston navlari 6 ta (yirik
masshtabda 3 ta) kichik klasterlarga ajratildi. Tadqiqotda “Kayraktosh”, “Adyr”, “Progress” va “Zhadyra” kabi navlarning boshqa
genotiplardan keskin divergentsiyalashganligi aniqlandi. Qozog‘istonning “Steklovidnaya 24” navi eng yuqori hosildorlik (994 g)
ko‘rsatkichini qayd etdi. Olingan natijalar kombinatsion selektsiya uchun qimmatli boshlang‘ich manba sifatida xizmat qiladi.