Tabiiy fanlar

SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA KOLLEMBOLALARNING TARQALISHI VA AHAMIYATI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)

kollembolalar, sho‘rlangan tuproq, tuproq mezofaunasi, bioindikatsiya, tur xilma-xilligi, galofil turlar, tuproq degradatsiyasi, melioratsiya

Mualliflar

  • Zulxumor ELMURATOVA PhD, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Mavluda ARSLONOVA Tayanch dоktоrant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur tadqiqot sho‘rlangan tuproq sharoitlarida kollembolalar faunasining taksonomik tarkibi, zichlik ko‘rsatkichlari va ekologik
xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tuproq sho‘rlanishi – ayniqsa qurg‘oqchil va yarimqurg‘oqchil mintaqalarda keng
tarqalgan degradatsiya jarayoni bo‘lib, tuproq mezofaunasi jamoalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kollembolalar tuproq organik
moddalari transformatsiyasida, nutriyentlar aylanishida va mikrobiom faoliyatini tartibga solishda muhim ekologik vazifani
bajaradi. Tadqiqot davomida sho‘rlanish darajasi turlicha bo‘lgan tuproq uchastkalaridan Berleze-Tyullgren usulida namunalar
olindi va kollembolalar tur tarkibi taksonomik jihatdan aniqlandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, tuproqdagi tuz miqdorining
ortishi kollembolalar tur xilma-xilligini va umumiy sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Biroq ayrim galofil va galotolerant turlar
yuqori sho‘rlanish sharoitida ham nisbatan barqaror populyatsiya zichligini saqlab qolishi aniqlandi. Sho‘rlangan tuproqlarda
epiyedafik turlar ustunlik qilishi, euyedafik turlar esa keskin kamayishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari kollembolalarni sho‘rlangan
tuproqlarning biologik holatini baholashda ishonchli bioindikator sifatida qo‘llash mumkinligini tasdiqlaydi. Ushbu ma’lumotlar
degradatsiyaga uchragan tuproqlarni melioratsiya qilish va tuproq biotasini tiklash dasturlarini ishlab chiqishda amaliy asos
vazifasini o‘taydi.