Tabiiy fanlar

INTRODUKSIYA SHAROITIDA VIGNA UMBELLATA O‘SIMLIGINING ONTOGENETIK RIVOJLANISHI VA BIOMORFOLOGIK TAVSIFI

Vigna umbellata, fenologiya, ontogenez, introduksiya, unuvchanlik, vegetatsiya davomiyligi.

Mualliflar

  • Mahfuza NAZARALIYEVA Tayanch doktorant, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Surxondaryo, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada introduksiya sharoitida Vigna umbellata (Thunb.) Ohwi & Ohashi o‘simligining ontogenez davrlari va
biomorfologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar Toshkent shahri hamda Navoiy viloyati Karmana tumani sharoitlarida
olib borildi. O‘simlikning mavsumiy rivojlanish maromi, fenologik xususiyatlari va ontogenetik bosqichlari
I.V.Borisova, I.N. Beydeman hamda T.A. Rabotnov metodikalari asosida tahlil qilindi. Toshkent sharoitida
o‘simliklarning bo‘yi 130-150 sm va vegetatsiya davomiyligi 125-130 kun bo‘lgan bo‘lsa, Navoiy sharoitida mos
ravishda 25-50 sm va 90-100 kunni tashkil etdi. Olingan tadqiqot natijalari V. umbellata o‘simligining O‘zbekistonning
turli ekologik sharoitlariga moslashish imkoniyatlari yuqori ekanligini va istiqbolli introduksiya ekini sifatida
foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.