Tabiiy fanlar

AGROTIS SEGETUM LICHINKALARIGA QARSHI KOMBINATSIYALANGAN BIOPREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Agrotis segetum, fitofag, zararkunanda, biologik kurash, Bacillus thuringiensis, Trichoderma lignorum, biopreparat, entomotsid, lichinka, sinergik, agroekotizim, ekologik xavfsizlik.

Mualliflar

  • Zulayxo ODILOVA Magistrant, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Muzaffarjon OBIDOV Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi dotsenti, PhD, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlarining xavfli zararkunandalaridan biri bo‘lgan Agrotis segetum lichinkalariga qarshi
Bacillus thuringiensis va Trichoderma lignorum asosidagi biopreparatlarning biologik samaradorligi o‘rganildi. Laboratoriya
tajribalari natijalariga ko‘ra, ushbu mikroorganizmlar asosidagi kombinatsiyalangan preparat yuqori entomotsid faollik ko‘rsatib,
qisqa muddat ichida lichinkalarning 100% nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Natijalar biopreparatlarning sinergik ta’sirga ega
ekanligini hamda ularni ekologik xavfsiz biologik himoya vositasi sifatida qo‘llash istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.