Tabiiy fanlar

TURLI KONSENTRATSIYALI MAGNIT SUYUQLIKLARNI TAYYORLASH VA ULARNING ELEKTR HAMDA MAGNIT XOSSALARINI O‘RGANISH

Dispers sistema, magnit nanozarra, magnit suyuqlik, magnitlanish, ferrit , konsentratsiya, temperatura

Mualliflar

Ushbu maqolada temir guruhi metallari Fe, Co, Ni asosida magnit nanozarralari kimyoviy kondensatsiya usulida sintez qilinib, bu magnit nanozarralarining o‘lchamlari va kristall strukturasi o‘rganilgan. Sintez qilingan magnit nanozarrachalar metall ferrit yani FeFe2O4, CoFe2O4 va NiFe2O4 ko‘rinshda bo‘lib, bu magnit nanozarralarning o‘lchamlarini transmission elektron mikroskop orqali o‘rganildi va bu o‘lcham taxminan 10-50 nm atrofida ekanligi aniqlandi. Bu o‘lchamni esa rentgen diffraktsiya olingan natijalarga mosligi ekspemental tarzda tekshrildi. Ushbu sintez qilingan magnit nanozarralar orqali, asosiy suyuq muhiti suv bo‘lgan kichik konsentratsiyali bir nechta magnit suyuqliklar hosil qilingan. Shuningdek, xona temperaturasida hosil qilingan magnit magnit suyuqliklarning elektr o‘tkazuvchanligi va magnit qabul qiluvchanligi o‘lchandi. Olingan natijalar magnit suyuqliklarning kelajakdagi qo‘llanilishini yaxshilash va yangi materiallar yaratishda muhim ahamiyatga ega