Tabiiy fanlar

SANGZOR VODIYSI AGROTSENOZLARIDA APORRECTODEA CALIGINOSA TRAPEZOIDES YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI TARQALISHIGA ABIOTIK OMILLARNING TAʼSIRI

Sangzor vodiysi, Aporrectodea caliginosa trapezoides, yomgʻir chuvalchangi, oʻrtacha uzunligi, yoʻgʻonligi, halqalar soni.

Mualliflar

  • Alimardan RAXMATULLAYEV Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Qarshi davlat universiteti, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Xusniddin BOYMURODOV Biologiya fanlari doktori (DSc), professor, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand, Oʻzbekiston, Uzbekistan
  • Temurbek TUYGʻUNOV Mustaqil izlanuvchi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand, Oʻzbekiston, Uzbekistan

Izlanishlarimiz Sangzor vodiysidagi agrosenozlarida tarqalgan Aporrectodea caliginosa trapezoides yomgʻir chuvalchangining
tarqalishiga abiotik omillarning taʼsiri katta ekanligi taxlil qilindi. Aporrectodea caliginosa trapezoides – Jizzax shahriga yaqin
hududlardagi agrosenozlarda tarqalgan boʻlib tanasining oʻrtacha uzunligi 60-166 mm, yoʻgʻonligi 4-8 mm, halqalar soni 109 dan
230 tagacha, terisi qoʻngʻir rangda, baʼzan rangsiz ekanligini aniqladik. Tanasining koʻndalang kesimi yumaloq yoki birmuncha
yassilashgan. Belbogʻ kamari 26-36 halqalardan iborat.Tuproqdagi abiotik omillarning taʼsiri natijasida yomgʻir chuvalchanglari
bir qatlamdan ikkinchi qatlamga ko‘chib oʻtishi kuzatildi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##