Tabiiy fanlar

OʻZBEKISTON SHAROITIDA DAYKON (RAPHANUS SATIVUS L.) NAV VA DURAGAYLARINI SUN’IY KASTIRATSIYA QILISH HAMDA DURAGAYLASH AGROTEXNIKASI

Daykon (Raphanus sativus L.), Sodiq navi, Cheongdu, Koreyski duragay, kastratsiya, sun’iy changlantirish, dukkak tutuvchanlik, genetik mutanosiblik.

Mualliflar

  • Shahlo RAZZAQOVA Tayanch doktorant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Sayfulla BOBOYEV B.f.d., professor, Toshkent davlat agar universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Navruzbek XUSANOV PhD, O‘zbekiston Milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu ilmiy tadqiqot ishida Oʻzbekiston Milliy Universiteti (OʻzMU) Botanika bogʻi sharoitida yetishtirilgan Daykon (yapon turpi
– Raphanus sativus L.) oʻsimligining mahalliy “Sodiq” navi hamda chet eldan keltirilgan “Koreyski duragayi” va “Cheongdu”
duragaylari oʻrtasida olib borilgan sun’iy kastratsiya va duragaylash ishlari metodologiyasi hamda amaliy natijalari yoritilgan.
Tadqiqot davomida genotiplar oʻrtasidagi duragaylash samaradorligi va dukkak (burchoq) tutish koʻrsatkichlari solishtirildi.
Natijalar mahalliy “Sodiq” navi ona oʻsimligi sifatida foydalanilganda eng yuqori urugʻ tutuvchanlik (78.2%) namoyon boʻlganini
ko‘rsatdi. Shuningdek “Koreyski duragayi” qatnashgan kombinatsiyalarda esa dukkak berish koʻrsatkichi sezilarli darajada past
boʻlganligi aniqlandi.