Tabiiy fanlar

TURLI MINTAQALARGA MANSUB KUZGI BUG‘DOY NAMUNALARINING SARIQ ZANG (PUCCINIA STRIIFORMIS F. SP. TRITICI) KASALLIGIGA CHIDAMLILIGINI FITOPATOLOGIK BAHOLASH

yumshoq bug‘doy, sariq zang, Puccinia striiformis, fitopatologik baholash, AUDPC indeksi, hosildorlik, genetik chidamlilik.

Mualliflar

  • Maftunaxon SODIQOVA Tayanch doktorant, O‘zRFA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Zafarjon ZIYAYEV PhD, katta ilmiy xodim, Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda turli agro-ekologik mintaqalarga mansub 50 ta kuzgi yumshoq bug‘doy (35 ta xorijiy va 15 ta mahalliy) nav
namunalarining sariq zang (Puccinia striiformis f. sp. tritici) kasalligiga chidamliligi 2023-yilda issiqxona sharoitida hamda 2024–
2025-yillarda dala sharoitida sun’iy infeksion fon yordamida baholandi. Fitopatologik baholash natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan
namunalar orasidan 10 ta (20%) genotip mutlaq immun va 36 tasi (72%) chidamli ekanligi aniqlandi. Kasallik rivojlanish tezligi
(AUDPC) ko‘rsatkichi bilan hosildorlik o‘rtasida ishonchli manfiy korrelyatsiya (r = -0.51, p < 0.001) mavjudligi isbotlandi. KIB-
20-27 FAW-IR-157, KIB-20-27 FAW-IR-142 xalqaro tizmalari hamda mahalliy Hisorak navi kasallikka yuqori chidamliligi va
barqarorligi bilan ajralib turdi hamda kelgusi seleksiya dasturlari uchun qimmatli donor sifatida tavsiya etildi.