Tabiiy fanlar

IQLIM O‘ZGARISHINI TUPROQLARNING MEXANIK XOSSALARIGA TA’SIRI (GULISTON TUMANI MISOLIDA)

Iqlim o‘zgarishi, och tusli bo‘z tuproqlar, mexanik tarkib, granulometrik tarkib, tuproqning fizik xossalari,

Mualliflar

  • Dilnoza TOYMBAYEVA O‘qituvchi, Guliston davlat universiteti, Guliston, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tarqalgan och tusli bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi iqlim o‘zgarishi
sharoitida baholandi. Tadqiqot davomida hududning to‘rtta tomoni va markaziy qismida joylashgan beshta kuzatuv nuqtasidan
turlichuqurliklarda tuproq namunalari olinib, laboratoriya sharoitida granulometrik .tahlillar amalga oshiridi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra tuproq kesimlarining asosiy qismida o‘rta qumoqli mexanik tarkib ustunligi, ayrim chuqur qatlamlarda esa og‘ir qumoqli
tarkib uchrashi aniqlandi. Olingan natijalar Guliston tumani tuproqlarining agrofizik xususiyatlarini baholash, ularning meliorativ
holatini monitoring qilish hamda yer yesurslaridan oqlina foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim
ahamiyat kasb etadi.