Tabiiy fanlar

PERIPARTAL KARDIOMIOPATIYA DILATATSION KARDIOMIOPATIYANING BIR SHAKLI SIFATIDA: YAQQOL SISTOLIK DISFUNKSIYA BILAN KECHGAN OG‘IR KLINIK HOLAT

peripartal kardiomiopatiya, dilatatsion kardiomiopatiya, chiqarish fraksiyasi, yurak yetishmovchiligi, sakubitril/valsartan, dapagliflozin, echokardiografiya, yurak MRT, o‘zbek populyatsiyasi.

Mualliflar

  • Зилола АБДУЛЛАЖОНОВА Базовый докторант Центра передовых технологий АН РУз, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Дарья ЗАКИРОВА PhD, с.н.с. Центра передовых технологий АН РУз, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Алишер АБДУЛЛАЕВ Д.б.н., проф. Центра передовых технологий АН РУз, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Игорь ЦОЙ PhD, MD, Республиканского спец.научно-практического медицинского центра кардиологии, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Peripartal kardiomiopatiya (PKMP) homiladorlikning oxirida yoki tug‘ruqdan keyingi ilk oylarda rivojlanadigan, hayot uchun
xavfli DKMP shaklidir. Maqolada 29 yoshli bemorda og‘ir PKMP holati keltiriladi: chap qorincha chiqarish fraksiyasi 23%, NYHA
bo‘yicha IV funksional sinf, Laun bo‘yicha IV A sinf qorincha ekstrasistoliyasi aniqlangan. Tashxis ExoKG, yurak MRT va
koronarografiya orqali tasdiqlandi. Sakubitril/valsartan, bisoprolol, dapagliflozin va spironolaktondan iborat terapiya fonida 6
daqiqalik yurish testi 50 m dan 410 m gacha oshdi, NYHA sinfi IV dan II ga yaxshilandi. Holat PKMPni erta aniqlash va tug‘ruqdan
keyingi davrda dinamik kuzatuv muhimligini ko‘rsatadi.