Tabiiy fanlar

EUONYMUS JAPONICUS O‘SIMLIGINING ASOSIY ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI (SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA)

urbanizatsiya, dendroflora, introdutsent, Euonymus japonicus, fitopatogen mikromitsetlar, un-shudring, antraknoz.

Mualliflar

  • Гульжахон НОРИМОВА PhD, Деновский институт предпринимательства и педагогики, Денау, Узбекистан, Uzbekistan

Ushbu maqolada urbanizatsiyalashgan ekotizimlar sharoitida shahar koʻkalamzorlashtirish tizimida keng qoʻllaniladigan
introdutsent oʻsimlik - Yapon normushki (Euonymus japonicus Thunb.) oʻsimligining fitosanitar holati va zamburugʻli kasalliklari
tadqiq etilgan. Fitopatologik kuzatuvlar natijasida oʻsimlikning dekorativ koʻrinishi va immun tizimiga jiddiy zarar yetkazuvchi
ikki dominant patogen zamburugʻ turi: un-shudring kasalligi qoʻzgʻatuvchisi Erysiphe euonymicola hamda antraknoz (nekroz)
qoʻzgʻatuvchisi Colletotrichum euonymicola aniqlandi va taksonomik jihatdan identifikatsiya qilindi.