HALQASIMON GALAKTIKALARNING KLASSIFIKATSIYA MASALASI TAHLILI
##submission.downloads##
Mazkur maqolada zamonaviy kuzatuv ma’lumotlarini hisobga olgan holda fizik halqasimon galaktikalarni tasniflash masalasi qayta tadqiq qilindi. Ishda oxirgi yillarda kuzatilgan 8052 ta yangi halqasimon galaktika nomzodlari ro‘yxati ko‘rib chiqildi. Kuzatuv tasvirlari va morfologik belgilarni tekshirish natijasida ular orasidan 2774 ta obyekt fizik halqasimon galaktika sifatida saralandi. Ushbu tanlanma avvalgi tasniflash ishlarida o‘rganilgan obyektlar bilan birlashtirilib, 4144 ta fizik halqasimon galaktikadan iborat umumiy jamlanma shakllantirildi. Shakllantirilgan umumiy jamlanmadagi obyektlarning mavjud klassifikatsiya sinflariga mansubligi tahlil qilindi. Natijada fizik halqasimon galaktikalar 10 ta sinfga ajratildi. Tasniflash jarayonida markazida yadro va uning atrofida halqa kuzatiladigan galaktikalar ko‘pchilik guruhni tashkil etishi aniqlandi.
1. Mirtadjieva, K. T., & Nuritdinov, S. N. (2016). Towards the classification problem of ring-like galaxies. Astronomical and Astrophysical Transactions, 29(3), 305–312.
2. Zhang, A., Kong, X., Liu, B., Li, N., Bu, Y., Yi, Z., & Liu, M. (2025). Identifying ring galaxies in DESI Legacy Imaging Surveys using machine learning methods. The Astrophysical Journal Supplement Series, 279, Article 52. 3. de Vaucouleurs, G. (1959). Classification and morphology of external galaxies. In S. Flügge (Ed.), Handbuch der Physik: Astrophysics IV: Stellar Systems (Vol. 53, pp. 275–310). Springer. https://doi.org/10.1007/978-3-642-45932-0_7
4. Vorontsov-Velyaminov, B. A. (1960). On the classification of galaxies with ring-like structures. Soviet Astronomy, 4, 365.
5. Kostyuk, I. P. (1975). Galaxies with external ring-like structures. Reports of the Special Astrophysical Observatory, 13, 45. 6. Kostyuk, I. P. (1979). Ring-like galaxies in the Palomar Sky Atlas. Reports of the Special Astrophysical Observatory, 26, 33. 7. Buta, R. (1995). The Catalog of Southern Ringed Galaxies. The Astrophysical Journal Supplement Series, 96, 39–116. 8
. Buta, R., & Combes, F. (1996). Galactic rings. Fundamentals of Cosmic Physics, 17, 95–281.
9. Fernández, J., Alonso, S., Mesa, V., Duplancic, F., & Coldwell, G. (2021). Properties of galaxies with ring structures. Astronomy & Astrophysics, 653, A71. https://doi.org/10.1051/0004-6361/202141208 10. Najmiddinova, D. O., Mirtadjiyeva, K. T., & Solieva, M. M. (2026). Problems of analysing images of ring-like galaxies from the perspective of their cosmogony. In The Role of Talented Youth in the Development of Physics: RIAK-XIX (pp. 210–212). [In Russian].
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




