Tabiiy fanlar

BOYSUN TUMANIDA JOYLASHGAN BULOQLARNING GIDROGEOKIMYOVIY XUSUSIYATLARINI O’RGANISH HAMDA TAHLIL QILISH

Boysun, mineral suvlar, gidrogeokimyoviy, sulfat, gidrokarbonat, tektonik yoriqlar, tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi, sanator- kurort zonalari

Mualliflar

  • Baxtiyar ISMAILOV PhD, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, “GIDROINGEO instituti” DM, Toshkent O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Timur GAFUROV Laboratoriya mudiri, “GIDROINGEO instituti” DM, Toshkent O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Abdumannon ABDUQAXXOROV Gidrogeolog “GIDROINGEO instituti” DM, Toshkent? O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Mirjalol AXMATQULOV Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi “GIDROINGEO instituti” DM, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Xasan XASANBAYEV Kichik ilmiy xodim, “GIDROINGEO instituti” DM, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 9 ta asosiy buloq suvlarining gidrogeokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Suv namunalarining
makrokomponent tarkibi va og‘ir metallar miqdori zamonaviy ICP (induktiv bog‘langan plazma) usulida tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida
hududdagi buloq suvlari sulfat kalsiyli va gidrokarbonat natriyli turlarga ajratildi. Shuningdek, hududning tektonik tuzilishi va yoriqlarning buloq
suvlarini kimyoviy tarkibiga ta’siri o‘rganilib gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida hududni rayonlashtirish xaritalari yaratildi hamda Boysun
tumanining tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishdagi rekreatsion istiqbollari baholandi.